2021 yildan maktab o‘quvchilarining bilimi yangicha tizimida baholanadi

  • 14 dekabr 2018, 07:02
  • 2 345
  • Jamiyat
  • 2021 yildan maktab o‘quvchilarining bilimi yangicha tizimida baholanadi
    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida qilingan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

    Anjumanda ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarining qurilish ta’mirlash ishlarining ochiqligi vashaffofligini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida vazirlik saytida onlayn monitoring tizimi (stat.uzedu.uz) ishga tushirildi. Natijada maktablar har yilgidan vaqtliroq va sifatliroq maktablar foydalanishga topshirildi.

    Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari 2017−2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga:

    1-bosqich: 2017−2018 o‘quv yilidan 1, 4, 6, 7, 10-sinflarda;

    2-bosqich: 2018−2019 o‘quv yilidan 2, 3, 8, 9, 11-sinflarda;

    3-bosqich: 2019−2020 o‘quv yilidan 5-sinflarda joriy etish boshlandi.

    2021 yilda o‘quvchilar bilimini xalqaro standartlar asosida baholash PISA tizimiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan xalqaro tajribani o‘rgangan holda 2017 yili 10−11-sinflari uchun yangi o‘quv rejasi ishlab chiqildi va unda o‘quv fanlari 23 tadan 12 taga optimallashtirildi.

    2017 yilda 10-sinflar uchun 140 nomdagi jami 9,0 mln. nusxada, 2018 yilda 11-sinflar uchun 137 nomdagi jami 9,7 mln. nusxada darsliklar chop etildi.

    2017−2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tildi. Hozirda umumta’lim maktablarida 736 185 nafar o‘quvchilar 10−11-sinflarda ta’lim olmoqda.

    Shuningdek, 11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etilib, 2018/2019 o‘quv yilida 10−11-sinf o‘quvchilari kasb-hunar kollejlari bazasida 1 748 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida 737 642 nafar (ulardan 1457 nafari nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari) o‘quvchiga 51 ta kasblar o‘rganilmoqda

    (2017 yili 279 124 nafar o‘quvchiga 1488 ta majmuada 40 ta kasb). O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida yangi kasblar, ya’ni AKT sohasida dasturlovchi, kompyuter dizayneri, komyuterlarni sozlash texnigi kabi mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lishi kutilayotgan hamda ko‘p haq to‘lanadigan kasblar hisobiga kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

    Majmualarda jami 10 833 nafar o‘qituvchilar kasb-hunar sirlarini o‘rgatmoqda. Shundan, 8570 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, 2263 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli ishlab-chiqarish ta’limi ustalaridir.

    O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza yaratildi. Jumladan, kasblar bo‘yicha malaka talablari belgilandi, o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘quvchilarni baholash mezonlari va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.

    2018 yilda 333 ta ta’lim muassasalarini kasblar bo‘yicha 489 ta sinflar to‘plami bilan jihozlash choralari ko‘rilmoqda.

    2019 yildan boshlab, 635 ta maktablarda tashkil etilgan va minimum darajada jihozlangan o‘quv-ishlab chiqarish majmualariga mavjud kasblar bo‘yicha 2,1 mlrd. so‘mlik xom-ashyo yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2021 yildan maktab o‘quvchilarining bilimi yangicha tizimida baholanadi