16:58 / 14.12.2018
4 151

Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘proq pul jo‘natishni boshlashdi

Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘proq pul jo‘natishni boshlashdi
Rossiyadan O‘zbekistonga uch chorakda jismoniy shaxslar tomonidan 3 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ jo‘natildi, bundan Rossiya Markaziy banki ma’lumotlari darak bermoqda.

Uchinchi chorakda pul o‘tkazmalari miqdori 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. O‘rtacha bitta o‘tkazma hajmi 393 dollarga teng bo‘ldi. Taqqoslash uchun, II chorakda 1 mlrd dollar, I chorakda esa - 726 mln dollar o‘tkazilgandi.

Bundan faqat 468 mln dollari Rossiya fuqarolari tomonidan o‘tkazilgan - qolgan 938 mln dollar Rossiya shaharlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston MDHning barcha mamlakatlarini Rossiyadan pul o‘tkazmalari miqdori bo‘yicha ancha orqada qoldirgan. Misol uchun, ikkinchi o‘rinda Tojikiston, u yerga uchinchi chorakda 779 million dollar yuborildi, uchinchi Qirg‘iziston - 661 million dollar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘proq pul jo‘natishni boshlashdi