07:27 / 15.12.2018
4 998

Shahrisabz va Yakkabog‘da paxta yetishtirish tugatiladi

Shahrisabz va Yakkabog‘da paxta yetishtirish tugatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, odamlarni ish bilan ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident viloyatning Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida paxta yetishtirish bosqichma-bosqich tugatilishi haqida ma’lum qildi.

«Shahrisabzda 6ta kollej bor. Kimga kerak bu kollejlar. Bu kollejlarni bitirganlarni kim ish bilan ta’minlaydi?

Shahrisabz shahrida Toshkent Kimyo-texnologiya institutining oziq-ovqat bo‘yicha filialini ochamiz.

Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘da katta qo‘shma korxonalar qurmoqchimiz. Bu yerda paxtani tugatamiz. Menga Shahrisabzning paxtasi kerak emas. Bu yerda qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Buning uchun mutaxassislar kerak. Hammani Toshkentga olib borib o‘qita olmaymiz. Shu yerda tayyorlaymiz mutaxassislarni», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Prezident shuningdek, Shahrisabzda Toshkent Pedagogika universiteti hamda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali ochilishini ma’lum qilgan.

«Yerlarning ahvoli yomon. Qashqadaryoga muhandislar kerak, yer tuzilishi bo‘yicha ham, gidrotexnika bo‘yicha ham kerak, institutning barcha sohalari bo‘yicha mutaxassislar kerak», degan prezident.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabz va Yakkabog‘da paxta yetishtirish tugatiladi