20:20 / 16.12.2018
22 499

O‘zbekistonning 2018 yilda dunyoni tark etgan mashhurlari (foto)

O‘zbekistonning 2018 yilda dunyoni tark etgan mashhurlari (foto)
Foto: «Repost»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning 14 dekabr kuni 55 yoshida to‘satdan vafot etishi, 2018 yilda hayotni tark etgan ko‘plab mashhur insonlarni eslatdi.

«Repost» nashri 2018 yilda vafot etgan o‘zbekistonlik mashhur insonlarini xotirlaydi.

Foto: «Repost»
Shuhrat Abbosov, kinorejissyor

Vafot etgan sanasi: 2018 yil 25 aprel

Mashhur o‘zbek va sovet rejissyori Shuhrat Abbasov 25 aprel kuni 88 yoshida vafot etdi.

1982—1986 yillar mobaynida Abbosov «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga rahbarlik qilgan va O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutida kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Rejissyor hisobida 11 ta mashhur filmlar bor, ular orasida «Toshkent — non shahri» va «Sen yetim emassan».

Foto: «Repost»
Husan Sharipov, aktyor

Vafot etgan sanasi: 25 iyun

Sovet va o‘zbek aktyori Husan Sharipov 25 iyun kuni 80 yoshida kasallikdan vafot etdi. Sharipov 1937 yil 27 iyulda tug‘ilgan. U Muqimiy nomidagi teatrda aktyor, keyinchalik uning direktori sifatida faoliyat yuritgan. U uch yil davomida O‘zbekiston teatrshunoslar ittifoqi raisi edi. 1991 yilda Sharipovga O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan topshirildi.

Foto: «Repost»
Farangiz Rejametova, aktrisa

Vafot etgan sanasi: 20 iyul

Aktrisa Farangiz Rejametova fojiali hodisa oqibatida vafot etdi: 20 iyul kuni kechqurun uni 23 yoshli yigit Mercedes-Benz avtomobilida urib yubordi. Dahshatli halokat Toshkentda Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘ldi. Farangiz 25 yoshda edi.

Rejametova san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Qizning onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Fotima Rejametova, bobosi To‘g‘on Rejametov — O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist. Farangiz «Oyijon», «Sehrli qalpoqcha» va «Uy Bekasi» kabi film va seriallar orqali mashhur bo‘lgan.

Foto: «Repost»
Jamshid Kenjayev, sportchi

Vafot etgan sanasi: 11 avgust

MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Jamshid Kenjayev 8—9 avgust kunlari poytaxtning «Aurum 898» tungi klubida sodir bo‘lgan fojeali hodisa oqibatida fojiali tarzda vafot etdi. Sportchi pichoq bilan tungi klubga kirmoqchi bo‘lgani uchun pichoqlandi. Kenjayev 25 yoshda edi.

Sportchi O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan va MMAdagi O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. O‘nlab xalqaro va milliy sport musobaqalarining g‘olib va sovrindori. Uning o‘limi bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Foto: «Repost»
Aziza Niyozmetova, xonanda

Vafot etgan sanasi: 14 oktyabr

Taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Aziza Niyozmetova oktyabr o‘rtalarida 46 yoshida vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashib, murakkab davo muolajalarini o‘tagan. OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir yildan ortiq vaqt davomida Hindistonda davolangan, ammo kasallik rivojlanishda davom etgan.

Aziza Nyozmetova 90 yillarda mashhur bo‘lib, uning qo‘shiqlari nafaqat o‘zbek, balki yaqin Sharq davlatlari orasida ham mashhur bo‘lgan. Qo‘shiqchining to‘rt nafar o‘z va ikki nafar asrab olgan farzandi qoldi.

Foto: «Repost»
Bobur Komilov, jurnalist

Vafot etgan sanasi: 12 noyabr

Mashhur o‘zbek jurnalisti 12 noyabr kuni vafot etdi. Mahalliy tomoshabinga Komilov «Yoshlar» telekanalida namoyish etilgan «Davr» dasturi orqali tanilgan. Uzoq vaqt davomida Komilov BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasida matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritdi. U O‘zbekistondagi birinchi ingliz tilida dasturlarni olib boruvchi boshlovchilardan edi.

Komilovning o‘limi haqida uning do‘sti Shohira Hamroning xabaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Komilov uzoq xastalik oqibatida vafot etgan. O‘limidan bir necha kun oldin, u davolanish uchun Turkiyaga ketgandi. Komilov 34 yoshda edi.

Foto: «Repost»
Oybek Odilov, aktyor

Vafot etgan sanasi: 10 dekabr

Aktyor va rejissyor Oybek Odilov 10 dekabr kuni uzoq xastalik tufayli vafot etdi. U rassom Inog‘om Odilovning o‘g‘li edi. Tomoshabinlarga Odilov o‘zining «Ayol zoti» serialidagi roli orqali yaxshi tanilgan.

Foto:«Daryo»
Anvar qori Tursunov

Vafot etgan sanasi: 13 iyun

Anvar qori Tursunov 1981 yil Toshkent davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasida boshlagan.

So‘ngra Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi ilmiy xodimi, Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi va «Xoja Ahror Valiy» masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan «Minor» masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning 2018 yilda dunyoni tark etgan mashhurlari (foto)