11:19 / 17.12.2018
5 384

Toshkentda paydo bo‘lgan 505 nafar "qorbobolar missiyasi" nima ekan?

Toshkentda paydo bo‘lgan 505 nafar "qorbobolar missiyasi" nima ekan?
Toshkent shahridagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tayyorlangan Qorbobo kiyimlari 16 dekabr kuni mahalladagi posbonlar va ko‘ngillilarga tarqatilgan. Bu haqda Toshkent shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi bosh mutaxassisi Alisher Yormatov xabar berdi.

Xabar qilinishicha, “Mahallada Yangi yil” deb nomlangan ushbu loyiha doirasida mahallalarda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlanganlar, yuz yoshdan oshgan hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uylarida bayram tashkillashtiriladi.

Shuningdek, joriy yilning 20-31 dekabr kunlari Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir mahalladagi mahalla markaziy binosi, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda paydo bo‘lgan 505 nafar "qorbobolar missiyasi" nima ekan?