14:37 / 17.12.2018
5 359

Yashash joyi haqidagi ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin? ​

Yashash joyi haqidagi ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin? ​
Tuman (shahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqaroning yashash joyi haqida ma’lumotnoma berilmaydi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 789-son «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilish bo‘yicha tartib bekor qilingan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:

shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi;

shaxsning ishsizligi;

bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida;

b) shaxsning tavsifnomasi.

«Biroq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ushbu qarorning mazmun-mohiyati noto‘g‘ri talqin qilinishi hamda yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarni olish uchun ular tomonidan fuqarolarni tuman (shahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlariga yuborilishi fuqarolar orasida turli xil norozilik holatlarini keltirib chiqarmoqda», deyiladi agentlik xabarida.

Axborot tariqasida ma’lum qilinadiki, bugungi kunda manzil-ma’lumot axborotlari Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. Ya’ni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar esa Davlat xizmatlari markazlari tomonidan taqdim etilmaydi!

Qarorga asosan, shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi hamda uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlari davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda so‘rab olinishi lozim.

2020 yil 1 yanvardan boshlab esa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, shu jumladan qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan mustaqil ravishda so‘rab olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashash joyi haqidagi ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin? ​