07:58 / 18.12.2018
4 701

143 million so‘mdan ko‘p mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan bank xodimlari qo‘lga olindi

143 million so‘mdan ko‘p mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan bank xodimlari qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Forish tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi X.T., AT Xalq banki tuman filiali xodimi Sh.X. hamda “Ipotekabank” Jizzax filiali xodimi R.R. o‘zaro til biriktirib amalga oshirgan qing‘ir ish fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan bu “ish” qanday bo‘lgan edi?

O‘zaro kelishgan elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlari fuqarolardan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni naqd pul shaklda qabul qilib, abonent raqamlariga o‘tkazmasdan elektron kassa xotirasiga soxta raqamlar kiritishgan. Tergovgacha surishtiruv davomida ular shu yo‘l bilan 2016-2018 yillar davomida jami 143 million 567 ming 800 so‘m miqdoridagi naqd pullarini o‘z ehtiyojlari uchun o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan uch tashkilotning uchala mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 143 million so‘mdan ko‘p mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan bank xodimlari qo‘lga olindi