14:48 / 18.12.2018
3 940

Kelasi yildan OTMlarda kontrakt narxi yana oshishi mumkin

Kelasi yildan OTMlarda kontrakt narxi yana oshishi mumkin
O‘zbekistonda kelasi yildan bir qator OTMlar o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi. Bunday OTMlarda kontrakt narxlari sezilarli oshishi mumkin.

O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida bir qator oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilishi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Muhokama 1 yanvargacha davom etadi.

Agar qaror hozirgi tahririda qabul qilinadigan bo‘lsa, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadigan oliy ta’lim muassasalariga quyidagilarni mustaqil belgilash xuquqi beriladi:

— ta’lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar, qo‘shimchalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini belgilash;

— iqtidorli talabalarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarga nisbatan moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;

— barcha mablag‘larini saqlash xarajatlariga, qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilishga hamda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflash;

— oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’ektlari ekspluatatsiyasi, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlari ko‘rsatishni xususiy boshqaruvga (autsorsing usuli bo‘yicha) berish;

— bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning har yillik qabul ko‘rsatkichlari hamda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochilishini belgilash;

— bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta’lim muassasasini o‘zini-o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdorida belgilash.

So‘nggi band — narxlar katta ehtimol bilan oshadi, degani. Xuddi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ikki barobarga oshganidek. O‘z navbatida, narxlar oshgani bilan qabul kvotasi ham oshishi, o‘qishga kirish imkoniyati avvalgi yillarga nisbatan kengayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelasi yildan OTMlarda kontrakt narxi yana oshishi mumkin