14:44 / 19.12.2018
5 367

DSQ sobiq amaldorlariga oid jinoyat ishi yopiq sudda ko‘riladi. Rashid Qodirov «ishi»-chi?

DSQ sobiq amaldorlariga oid jinoyat ishi yopiq sudda ko‘riladi. Rashid Qodirov «ishi»-chi?
Foto: Xabar.uz
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari nihoyasiga yetib, ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborilgan. Biroq, «Xabar.uz» nashriga ko‘ra, jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilmaydi.

Negaki, «delo»ga «maxfiy» tamg‘asi urilgani sabab necha nafar sobiq amaldor javobgarlikka tortilayotgani, ular Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan ayblanayotgani, shuningdek, qilmishlari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga qancha miqdorda zarar yetgani xususida axborot olishning imkoniyati juda cheklangan.

Ma’lumi shuki, bir necha oy avval avval DSQning sobiq raisi B.Parpiyevga aloqador amaldorlar ishdan olingani, shuningdek, tizimda ishlayotgan 1245 nafar xodim vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar berilgan edi. Shundan keyin ham tizimda tozalash ishlari yakunlangani yo‘q: qator viloyatlar soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rniga yangi kadrlar tayinlanganidan o‘quvchilarning xabari bor.

Yana bir shou-shuvli «ish» — sobiq bosh prokuror R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ham yakuniga yetgan. «Soliqchilar ishi»dan farqli ravishda, «Qodirov ishi» bo‘yicha muayyan ma’lumotlar yo‘q emas: bunda 24 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilinib, ularning 21 nafari dastlabki tergovdayoq ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Sobiq bosh prokuror va unga yaqin bo‘lgan mansabdorlar mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.

«Qodirov ishi» qaysi sudda ko‘riladi, sud masjlisi ochiq tarzda o‘tkaziladimi, yopiq shakldami — bu haqda hozircha ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DSQ sobiq amaldorlariga oid jinoyat ishi yopiq sudda ko‘riladi. Rashid Qodirov «ishi»-chi?