06:00 / 21.12.2018
4 481

Bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanish taqiqlanadi

Bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanish taqiqlanadi
Yevroparlament vakillari va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bir martalik foydalaniladigan plastik tovarlarni taqiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Ularning ichida idishlar va ichimliklar uchun somon-cho‘plar ham bor.

Bu haqda DW xabar berdi. Mazkur cheklov ikki yildan so‘ng to‘la kuchga kiradi. 24 oktyabr kuni Yevroparlament bir martalik foydalaniladigan ayrim plastik vositalarni ishlatishni taqiqlashga oid taklifni ma’qullagan edi. YeIga a’zo mamlakatlar 2025 yildan boshlab 90 foiz plastik butilkalarni qayta ishlashi, ichimliklar ishlab chiqaruvchilar esa mazkur jarayonda moliyaviy ishtirok etishi kerak.

Yevrokomissiya oziq-ovqat uchun plastik konteynerlar va stakanlardan foydalanishni qisqartirishni ham taklif etyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanish taqiqlanadi