02:17 / 21.12.2018
4 978

Otalik burchini unutganlar. . .

Otalik burchini unutganlar. . .
Maʼlumki, bolalarning taʼlimi, sifatli ovqatlanishi, ruhan sogʻlom va barkamol ulgʻayishi bevosita oila daromadiga ham bogʻliq. Bolaga uni kim taʼmin etayotganining farqi yoʻq. U, avvalo, ham otasining, ham onasining eʼtibori, madadi va xayrixohligiga muhtojdir.

Bu borada Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli choralar koʻrib kelinmoqda.

Masalan, Majburiy ijro byurosi Toshkent shaxar Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan Chilonzor tuman maʼmuriy sudi bilan xamkorlikda Toshkent yuridik kolleji binosida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Ushbu oʻtkazilgan sayyor sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 474-moddasiga asosan aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamagan qarzdorlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, unga koʻra ushbu kodeksning 474-moddasiga asosan aliment toʻlovlarni toʻlamaslik

15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olinishiga sabab boʻlishi mumkin.

MIBning Chilonzor tuman boʻlimi bilan Chilonzor tuman maʼmuriy sudi tomonidan hamkorlikda 18.12.2018 yilda oʻtkazilgan sayyor sud majlisida sud buyrugʻiga asosan qarzdor V.Petrichenkodan undiruvchi R.Davidyan foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun ijro hujjati boʻyicha jami boʻlib 1.537.196 soʻm aliment pullari undiruvchiga oʻz vaqtida toʻlab bermagan.

Sud majlisida fuqaro V.Petrichenko oʻz aybiga iqrorligini bildirib, aliment pullarini toʻlab berishini biroq unga biroz muddat kerakligini aytib, oilaviy sharoiti va vaqtincha ishsizligini inobatga olgan xolda suddan yengillik berishni soʻradi.

Oʻz navbatida sud tomonlarning koʻrsatuvlarini tinglab, shuningdek sayyor sud majlisi ishtirokchilarining fikrlarini inobatga olib fuqaro V.Petrichenkoga 10 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.

Uchtepa tumanlararo sudining 14.09.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.Rasulxodjayevdan undiruvchi N.Rasulxodjayeva foydasiga uch nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun xar oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan boʻlib, qarzdorlik hozirda jami 4.318.106 soʻmni tashkil etgan.

Sud majlisi qarzdor va ishtirokchilarining fikrlarini inobatga olib fuqaro U.Rasulxodjayevga 5 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otalik burchini unutganlar. . .