00:07 / 21.12.2018
4 097

Qarzdorlikni yoʻq qilib berish qanchaga tushdi?

Qarzdorlikni yoʻq qilib berish qanchaga tushdi?
Majburiy ijro byurosining Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan fuqaro Toʻlqin Meliyevning arizasi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro J. Qodirov “Qoradaryo” elektr taʼminoti korxonasida hech qanday vazifada ishlamaydi. Lekin xonadonida foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlikni aniqlash va elektr hisoblagichni almashtirish maqsadida, T. Meliyevga oʻzini korxona xodimi sifatida tanishtirdi.

Uni aldab, ishonchiga kirib, T.Meliyevning xonadoniga yangi elektr hisoblagich oʻrnatishga ruxsat berish va 1 mln. 360 ming soʻmlik qarzdorligini yoʻq qilib berishni vaʼda qildi. Evaziga 800 ming soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritdi.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida J.Qodirovning olgan 800 ming soʻm pullarni ixtiyoriy ravishda qaytarib berayotganida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan J.Qodirov va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlikni yoʻq qilib berish qanchaga tushdi?