23:01 / 21.12.2018
4 654

Akasining pasporti bilan xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan uka qo‘lga olindi

Akasining pasporti bilan xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan uka qo‘lga olindi
Joriy yilning 28 noyabr kuni «Islom Karimov» xalqaro aeroportida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqaro R.O. akasining pasportidan foydalanib chegara nazoratidan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda hibsga olingan.

Ushbu shaxs Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qilishi va boshqa ma’lumotlar aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi o‘z akasining pasportini unga bildirmay o‘g‘rincha olgan. Shundan so‘ng, aeroport binosida ushbu pasportga aloqador ma’lumotlarni aytgan. Aeroport qo‘riqlash xizmati orqali ichkariga kirib, uchib ketuvchilar ro‘yxatidan va bojxona nazoratidan o‘tganidan so‘ng, chegara punktigacha yetib borgan va shu yerda chegara xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Unga Jinoyat Kodeksining 227-moddasi 2-qismi «a» bandi (pasportni noqonuniy egallash), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki ekanligini bila turib foydalanish), 223-moddasi 1-qismi (belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o‘tish) bilan e’lon qilingan aybga to‘liq iqrorligini bildirgan.

Hozirda ayblanuvchiga ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va u sud hukmini kutmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akasining pasporti bilan xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan uka qo‘lga olindi