06:58 / 22.12.2018
6 260

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchiga mashinadan tushishni so‘rashi mumkin?

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchiga mashinadan tushishni so‘rashi mumkin?
21 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan DYHXX rahbar xodimlari ishtirokida «Adliya axboroti» brifingi va matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda 10dan oshiq qonun hujjati haqida ma’lumot berildi.

Brifing davomida joriy yilning 1 dekabrida qabul qilingan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorning muhim jihatlarini tushuntirishga qaratilgan matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Kun.uz muxbiri tadbirda ishtirok etgan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bosh inspektori Ilhom Idirovga asoslanib xabar berishicha, qarorga asoslangan nizomga muvofiq, YPX xodimi quyidagi hollardagina haydovchi va yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:
- transportdagi texnik nosozlik va yuk tashish qoidasi buzilganini bartaraf etish uchun;
- haydovchi transportni mast holda boshqarayotganida;
- transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlari bilan yozilgan raqamlar o‘rtasida farq aniqlanganda;
- transport yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganda;
- haydovchining kabinada bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lganida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 iyuldan Yo‘l harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik, asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish huquqiga ega hisoblanadi.

YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini belgilangan epikrovkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

YPX xodimi tomonidan o‘zining dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday hollarda YPX xodimi haydovchiga mashinadan tushishni so‘rashi mumkin?