15:47 / 24.12.2018
3 346

Bosh prokuratura: 90 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi

Bosh prokuratura: 90 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi
O‘tgan yil mobaynida prokuratura organlari aralashuvi bilan kelib tushgan murojaatlarning 41 430 tasi qanoatlantirilgan.

Bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev "Taraqqiyot strategiyasi" Markazida 2018 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining Bosh prokuratura mas’ul hisoblangan bandlarini ijro etilishi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida gapirib o‘tdi, deya xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.

Uning aytishicha, hisobot davrida 264 260 murojaat kelib tushgan, shulardan 41 430 tasi qanoatlantirilgan. Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha 2009 ta, fuqarolik ishlari bo‘yicha 1364 ta, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 920 ta, ma’muriy ishlar bo‘yicha 314 ta holatda sud protestlari kiritilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab shu sudlarga 14 487 da’vo arizalari kiritilgan. Turli boshqaruv organlarining fuqarolar va davlat va jamoat tashkilotlariga zid ravishda chiqarilgan 21 212 noqonuniy hujjatlariga protestlar kiritilib, 16 090 holatda qonunbuzilishlar taqdimnomalar kiritish yo‘li bilan bartaraf qilindi. Jami 90 143 fuqarolarning buzilgan huquqlari bevosita prokuraturaning aralashuvi yordamida tiklab berildi.

Tekshirish, tergov va boshqa prokuror tadbirlari natijasida 1 trln 832 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar undirib berilgan.

Bosh prokuror o‘rinbosariga ko‘ra, 39 991 shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: 90 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi