16:34 / 24.12.2018
5 596

Toshkentda eng baland attraksion foydalanishga topshirildi (foto)

Toshkentda eng baland attraksion foydalanishga topshirildi (foto)
“Anhor-Lokomotiv” parkida yangi attraksion ishga tushirildi deb ma’lum qiladi "Xalq so‘zi" nashri.

Aytish kerakki, mazkur qurilma yurtimizdagi eng baland hisoblanadi. Ya’ni “Anhor yulduzi” nomli mazkur charxpalakning eng baland nuqtasi 72 metrni tashkil etib, unda 48 ta yopiq kabinalar mavjud.Shundan 8 tasi “VIP” turda bo‘lib, uning oddiy kabinalardan farqi to‘rt kishiga mo‘ljallangan va yumshoq o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Oddiy kabinalar esa o‘z ichiga 6 kishini sig‘diradi.

Kabinalar o‘ziga xos illyuminatsiyalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga, undan poytaxtimiz manzarasini tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Bir vaqtning o‘zida 272 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan charxpalakning to‘liq aylanish vaqti 12 daqiqani tashkil etadi.

Bog‘ mutasaddilarining aytishicha, charxpalakda bir marta aylanish narxi oddiy kabinalar uchun 12 ming so‘m, “VIP” kabinalar uchun 20 ming so‘m etib belgilangan.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda eng baland attraksion foydalanishga topshirildi (foto)