21:04 / 24.12.2018
6 192

Toshkentda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi (foto)

Toshkentda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi (foto)
Foto: «Daryo»
18 dekabr kuni Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzandlar dunyoga keldi. Bu haqda oilaning qarindoshlari «Daryo»ga xabar berdi.

Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism berdi.

O‘zbekistonda uch egizakka Prezident sharafiga ism berish holati to‘rtinchi bor qayd etilmoqda.

Avvalroq, Buxoro, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka ham Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgandi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi (foto)