15:03 / 25.12.2018
3 985

Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asoslar o‘zgardi

Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asoslar o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 88-moddaning (Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining tekshiruvini o‘tkazish (taftish qilish) uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

- tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi;

- davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga bo‘lgan roziligi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida o‘tkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‘ra tekshirishni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, o‘tkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni o‘tkazish uchun davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi.

Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan o‘tkazish uchun:

- tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishi;

- davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asoslar o‘zgardi