21:41 / 25.12.2018
4 565

GM Uzbekistan 3 millioninchi avtomobil sohibini qutladi

GM Uzbekistan 3 millioninchi avtomobil sohibini qutladi
24 dekabr kuni "LUX AUTO MOTORS" avtosalonida "GM Uzbekistan" AJda ishlab chiqarilgan uch millioninchi avtomobil egasiga topshirildi. Yubiley avtomobilining baxtli sohibi korxona direktori Shamsiddinxo‘ja Tillaxo‘jayev shaxsida "RENT LIGHT" MChJ bo‘ldi, u Nexia-3 avtomobilini xarid qildi.

"O‘zavtosanoat" AJ xabar berishicha, baxtli xaridor chiroyli yasatilgan avtomobil, qarsaklar va "GM Uzbekistan" hamda "LUX AUTO MOTORS" vakillaridan sovg‘alarni bayramona kutib oldi. Xaridor maxsus bayram sertifikati va sovg‘alar bilan taqdirlandi, ular orasida "LUX AUTO MOTORS" avtosalonidan plazmali televizor ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, 2008 yilda GM Uzbekistan konveyeridan chiqqan millioninchi avtomobil ham, 2013 yilda ikki millioninchi avtomobil ham Chevrolet Lacetti bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » GM Uzbekistan 3 millioninchi avtomobil sohibini qutladi