12:26 / 26.12.2018
3 543

Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda

Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda
2018 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlisda deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarning asosiy huquqlarini qo‘shimcha mustahkamlashga qaratilgan muhim huquqlarni ta’minlashni nazarda tutuvchi ushbu qonun loyihasi shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash ishtirokchilarining o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya etishini ta’minlash, fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xalqaro uzatishini soddalashtiradi hamda qayerda qayta ishlanishidan qat’i nazar, fuqarolar ma’lumotlari himoyasini ta’minlash kafolatlarini yaratadi.

Fuqarolarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ularning shaxsiy hayoti daxlsizligi bo‘yicha huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga ko‘maklashadi.

Muhokamalar chog‘ida deputatlar O‘zbekiston tarixida insonning shaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalash borasida yangi bosqichni boshlab beradigan ushbu qonun loyihasi muhim va zarur hujjat bo‘lishini ta’kidladilar. Ammo u so‘z va fikr erkinligi cheklanishiga olib kelmasligi zarurligini qayd etdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda