13:55 / 26.12.2018
4 249

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish 2020 yil 31 dekabrgacha davom etadi

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish 2020 yil 31 dekabrgacha davom etadi
Eslatib o‘tamiz, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

Bugungi kunda mazkur xizmat respublikamiz bo‘ylab 10 dan oshiq Davlat xizmatlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari agentligi xodimlari hamisha sohani takomillashtirish ustida ishlarni olib borishadi. Buning natijasida, Sizlarga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish yo‘lga qo‘yildi.

Markazlarda xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70 % miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish 2020 yil 31 dekabrgacha davom etadi