12:48 / 28.12.2018
3 560

Prezident : «Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi»

Prezident : «Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi»
Prezident parlamentga murojaatnomasida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash bo‘yicha samarali mexanizm yaratish kerakligi haqida gapirdi. Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlarida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari va tashabbuskorlik chegaralanganini tanqid qildi.

«Hokimlar qarorni Toshkentdan kutadi. Lekin u zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi barcha tashabbuslar tepadan pastga emas, pastdan tepaga kelishi kerak. Prezident apparati esa faqat o‘zining ishini qilsin. Hokimlarni tayinlagan kengash o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak.

Hozir tuman hokimini tayinlash ham prezident apparatiga keladi. Bu yerda qani mustaqillik? Viloyat va shahar hokimlari, tuman hokimlariga mustaqillik beringlar! Har bir viloyatning byudjeti o‘ziga buyursin. Fuqaro boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. Shu kabi, viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident : «Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi»