Foto: O‘zA
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yuqumsiz kasalliklar mamlakat aholisi salomatligi ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deb yozadi O‘zA.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, aholining 46 foizida qon tarkibida me’yoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida esa qon bosimi yuqori, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, bugungi kunda yurak, qon-tomir, asab tizimi, saraton, o‘pka, nafas yo‘llari va boshqa yuqumsiz kasalliklar aholi orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik turi bo‘lib, har bir jamiyatning sog‘lom turmush tarziga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu borada sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan kasalliklarga qarshi kurashish mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, har bir fuqarodan ham tibbiy madaniyat va ogohlik talab qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi