20:32 / 01.01.2019
5 114

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi
2019 yil 1 yanvar kuni, soat 19.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 727 nafari o‘g‘il bola, 715 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (168 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (161 nafar) va Qashqadaryo viloyati (146 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.

«Ayni paytda respublika bo‘ylab, Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 220tadan ortiq tug‘ruq komplekslari tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 230ga yaqin muntazam ishlayotgan navbatchi akusherlar brigadasi xizmat ko‘rsatyapti», - deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yilning birinchi kuni 1961 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 33085,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 %ga o‘sgandi. ​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi