12:18 / 05.01.2019
5 904

Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayoni o‘zgaradi

Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayoni o‘zgaradi
Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayoni tubdan optimallashtiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- arxivlardagi ma’lumotlarningelektron bazasini yaratish;
- idoralararo axborot almashuvini joriy etish;
- davlat xizmatlari markazi orqali pensiya tayinlash davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Moliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayoni o‘zgaradi