06:53 / 06.01.2019
5 101

O‘zbekistonda endi mehnat daftarchasi berish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda endi mehnat daftarchasi berish to‘xtatiladi
Bundan buyon mehnat daftarchalari elektron ko‘rinishda bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan umumrespublika ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

Elektron mehnat daftarchaga xodimning ishga qabul qilingan yoki ishdan bo‘shatilgan vaqti, pasport ma’lumotlari, INN, pensiya jamg‘armasidagi maxsus raqami, ma’lumoti va qaysidir o‘quv yurtini tugatganligi haqida guvohnoma raqami va yana boshqa zarur ma’lumotlar kiritiladi.

Elektron mehnat daftarchaga kiritiladigan barcha o‘zgartishlar ish beruvchining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi. Ishchi-xodim istalgan paytda ushbu mehnat daftarchasidagi o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni printer yordamida qog‘ozga chiqarib olishi mumkin bo‘ladi.

Elektron mehnat daftarchasining yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi va uni yo‘qotib qo‘yishning imkoni yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda endi mehnat daftarchasi berish to‘xtatiladi