07:25 / 07.01.2019
3 154

O‘zbekiston aeroportlari va vokzallarida ibodat xonalari ochiladi

O‘zbekiston aeroportlari va vokzallarida ibodat xonalari ochiladi
O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar va temiryo‘l vokzallarida ibodat amallarini bajarishga moslashtirilgan xonalar paydo bo‘ladi. Bu prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topgan.

Davlat rahbari ibodat amallarini bajarish va tahoratxonalar uchun joylarni 2019 yilning 1 iyuniga qadar jihozlash topshirig‘ini bergan.
Musulmonlar uchun sutka bo‘yi ishlaydigan namozxona 2017 yilning noyabridan buyon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Bugungi kunda 16 ta turli diniy konfessiyalarga daxldor 2200 dan ortiq diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aholining 95 foizga yaqini islom diniga e’tiqod qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aeroportlari va vokzallarida ibodat xonalari ochiladi