13:23 / 07.01.2019
4 198

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so‘mda) taqdim etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shtining eng qimmati Chirchiqda - bir kilogramm uchun 52 ming so‘m. Eng arzon - Nukusda (26 ming so‘m).

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming so‘m. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming so‘m. Shuningdek, poytaxt kartoshka (3,7 ming so‘m), piyoz (1,9 ming so‘m), sabzi (3,4 ming so‘m), tuxum (7,8 ming so‘m - 10 donasi), guruch (19,6 ming so‘m) narxi bo‘yicha «yetakchi»ga aylandi.

Shu bilan birga, Toshkentda ba’zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoshka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming so‘m. Piyoz narxida ham shuni kuzatish mumkin - 500 so‘m.

Eng arzon sabzi Namanganda - 900 so‘m, guruch - Gulistonda (4 ming so‘m), o‘simlik yog‘i - Andijonda (1 litr uchun 8,5 ming so‘m). O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming so‘m.

Eng arzon shakar Gulistonda - 4,5 ming so‘m. Boshqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toshkentda, u 5,5 ming so‘m turadi.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi