00:34 / 08.01.2019
4 685

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi
Toshkentning Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi, deb yozadi «Gazeta.uz» qator manbalariga tayanib. Sud majlisi yopiq rejimda bo‘lib o‘tmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, ishning yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga davlat siri yoki qonun bilan himoyalanuvchi boshqa sirni saqlash zaruriyati bo‘lgan holatda yo‘l qo‘yiladi. Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, jarayon haqida ma’lumot taqdim etish masalasi sud vakolatiga kiradi.

«Ushbu jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi yopiq tartibda amalga oshirildi. Hozir ish sud jarayonida bo‘lgani tufayli, jamoatchilikka axborot taqdim etish masalalari — faqat sud yurisdiksiyasi doirasida», — dedi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.

Nashr manbalariga ko‘ra, sud jarayoni 7 yanvar, dushanba kuni 10:00 da ish ishtirokchilarining barchasi ustidan sud bilan bir vaqtda boshlangan. Sudlanuvchilarning qarindoshlari sud zaliga kiritilmagan. Keyingi sud majlisi 9 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Rashidjon Qodirov 23 fevral kuni qo‘lga olingan edi. Keyinroq uning o‘g‘li qidiruvga berilgani ma’lum qilindi. May oyi oxirida esa Rashidjon Qodirov qon bosimidan aziyat chekib, mahbuslar shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi