17:43 / 08.01.2019
5 174

Fuqarolar nimadan norozi?

Fuqarolar nimadan norozi?
Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy tuzilmalariga 2018 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 1993 tasi qanoatlantirilgan, 1516 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

Agentlik va uning hududiy tuzilmalari kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning aksariyati o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish masalasidagi murojaatlarga to‘g‘ri kelganligi aniqlandi.

Bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha 229 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning kelib chiqish sababi o‘rganilganda mas’ul idoralarning ish hajmi ko‘pligi, aynan ushbu tadbirga biriktirilgan xodimlarning kamligi, ayrim idoralarda hattoki kompyuter bilan ta’minlanmaganligi va internet tarmog‘iga ulanmaganligi, shu bilan birga “Kadastr-2” axborot tizimiga integratsiya qilinmaganligi yoki aksariyat xodimlar ushbu tizimdan foydalanishni to‘liq o‘zlashtirmaganligi asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda.

Hozirda “Mobil xizmatlar” tadbirlari davomida mahalla faollari bilan birgalikda aholiga bir martalik umumdavlat aksiyasining afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

Komissiya a’zolarini “Kadastr xizmati – 2.0” tizimi bilan ishlash bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘qitishni, komissiya a’zolarini ushbu tizimga to‘liq ulanishini ta’minlash hamda xizmatni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimni belgilangan tartibda biriktirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ushbu aksiya doirasida qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan 1294 ta ta’sir choralari qo‘llanildi. Xususan, 238 ta taqdimnoma, 403 ta ogohnoma kiritildi va 653 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qo‘llanilgan choralar natijasida 907 nafar shaxslar javobgarlikka tortildi. Shundan, 19 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 651 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatchilarini hushyorlikka chorlaydi. Zero, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzgan har bir shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrar!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar nimadan norozi?