Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra, 2019 yilning 1 aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika boʻyicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi:
- uyma-uy yurish, oʻtkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- ijtimoiy soha va boshqa obyektlardagi mavjud holatlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritalari” va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har chorak yakunlari boʻyicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan, investitsiya dasturlariga kiritish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi