Toshkentda 10 ming AQSH dollarini noqonuniy ravishda sotgani uchun uch nafar erkak qoʻlga olindi, deya xabar berdi Kun.uz nashri.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 5 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish idoralariga oʻzini Nuriddin deb tanishtirgan erkak ayol kishiga dollarni soʻmga “qora bozor” kursida - bir AQSH dollari uchun 8500 soʻmdan almashtirib berishni taklif qilgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Qoʻshma tadbirlar natijasida IIBB xodimlari va Bosh prokuratura vakillari chet el valyutasining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanganlikda gumon qilib uch nafar erkakni qoʻlga olishdi.
IIBBdan taʼkidlashlaricha, ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotish yoki sotib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi