21:37 / 09.01.2019
5 139

Soʻx tumanidagi yongʻin ayanchli oqibatga olib keldi

Soʻx tumanidagi yongʻin ayanchli oqibatga olib keldi
Foto: “dyxx.uz”
Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida joriy yilning 9 yanvar kuni Chashma qishlogʻi Soʻx koʻchasida yashovchi fuqaro Oʻ.A.ning uyida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar berdi.

Tunda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida uy egasining oʻgʻlini kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yuqorida koʻrsatilgan manzildagi yongʻinga uchta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Yongʻin oʻchiruvchilar tomonidan koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin bartaraf etilgan. Yongʻinda 180 kv.metr maydonda uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yongʻindan uyning 220 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soʻx tumanidagi yongʻin ayanchli oqibatga olib keldi