06:00 / 10.01.2019
5 704

DXX tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalari tasdiqlandi

DXX tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat taʼminoti, kiyim-kechak va yotoq buyumlari bilan taʼminlash, choyshab, yostiq jildi, ustki kiyim- kechaklarini yuvish va kameralarni tozalash uchun sovun hamda yuvish vositalari bilan taʼminlash hamda shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalari tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berildi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, sovun hamda yuvish vositalari, shaxsiy gigiyena vositalari va kundalik foydalanish buyumlari bilan taʼminlash normalarini qoʻllash tartibini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, davolash oziq-ovqati bilan taʼminlanishga muhtoj bemor shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash tartibini belgilash. Bunda, davolash oziq-ovqatlarining qoʻshimcha narxi mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan taʼminlash normalarida nazarda tutilgan mahsulotlar narxining 20 foizidan oshmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot normalari tasdiqlandi