Prezidentimizning jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirishga oid Farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegrammdagi https://t.me/huquqiyaxborot kanalida ma’lum qilindi.
Xo‘sh, Farmon bilan qanday yangiliklar joriy etilmoqda?
Hujjatga muvofiq, jamiyatda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
Xususan, Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 1 yanvargacha qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlar yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining Milliy huquqiy internet portali, shuningdek, 2019 yil 1 iyulgacha aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi.
“Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Kelgusida mazkur nishon bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.
Farmonga ko‘ra, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya doirasida bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi.
Shuningdek, oilada huquqiy savodxonlikni oshiradigan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo‘llanma bepul tarqatiladi.
Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” tashkil etiladi.
Ta’limning barcha bosqichida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” hamda “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha o‘rgatish joriy etiladi.
Yoshlar orasida “Street law” (“Ko‘cha huquqi”) loyihasini joriy qilish uchun huquqshunos talabalar, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar guruhi shakllantiriladi.
Yoshidan kelib chiqib huquqiy savodxonlikning minimal talablari tasdiqlanadi.
Aholini qiziqtirgan huquqiy mavzular yuzasidan “So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot” loyihasi amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi