13:00 / 10.01.2019
4 800

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi (foto)

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi (foto)
FVV ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan», - deya ta’kidlab o‘tishgan FVVdan.

«O‘zgidromet» xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi (foto)