22:06 / 10.01.2019
4 396

Toshkent shahar hokimiyati o‘z bankiga ega bo‘ldi (foto)

Toshkent shahar hokimiyati o‘z bankiga ega bo‘ldi (foto)
Toshkentda yangi bank - “Poytaxt bank” o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.
"Poytaxt bank asosan - Toshkentda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashtirilgan", - deyilgan xabarda.

Undan tashqari yangi bank ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlovchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalarini yaxshilash loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish hamda investitsion faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Ustav kapitali 100 mlrd so‘m bo‘lgan yangi bank – to‘liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankda 130 nafar xodim ishlaydi va u 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi. Mijozlar bankka kela olmagan taqdirda ular interaktiv xizmatlar yordamida o‘z hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkoniga ega bo‘ladilar.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimiyati o‘z bankiga ega bo‘ldi (foto)