Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov “Zo’rTV” kanali bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ariza bilan murojaat etdi. Ya’ni kanalning shou ko‘rsatuvlaridan birida boshlovchi kichkina 4-5 yashar qiz va bolaga “Agar qiz yigitni yaxshi ko‘rsa qanday qilib bildiradi”, deb savol beradi.
Kichkina bola savolga javob berolmaydi, jajji qiz esa “qizlarga xos noz bilan”, deydi uyalib. Boshlovchi “Uchrashuvga qiz taklif qiladimi yoki..? Restoranga borsa, pulni kim to‘laydi”, qabilidagi savollar bilan ham yuzlanadi. Bunday savollarni kutmagan kichkintoylar nima deyishini bilmay qoladi.
Jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaga “ushbu tijoriy kanalni sudga berish tugul, faoliyatini tugatish kerak”, deb yozadi. Mazkur ariza tegishli tartibda o‘rganilib, “Zo’r TV” kanali jurnalistdan kechirim so‘raydi va ushbu dastur efirga uzatilmasligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!