07:21 / 11.01.2019
3 570

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda (foto)

"Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda (foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda. O‘FAning buyurtmasiga asosan “Nasaf” klubiga qarashli Qarshidagi “Markaziy stadion maydonining ishchi xodimlari bu borada katta hajmda mehnat qilishyapti. Stadion maysasini zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelish uchun maydonga xorijdan tayyor chim olib keltiriladi.

Ayni paytda maydonning chimi 20-40 sm o‘lchamida o‘yib olinib (turli o‘lchamdagi platmassa quvurlardan iborat maydon drenajlari esa 50-60 sm chuqurlikda joy olgani uchun usta va texnika haydovchisidan hushyorlik talab etyapti) tashqariga olib chiqilyapti. Chuqurlik o‘rni maxsus moslamalar, qum va unumli tuproq aralashmasi bilan to‘ldirilgach, ustiga chet eldan keltirilgan tayyor tabiiy chim yotqiziladi. Xalqaro talablarda ko‘rsatilganidek, maydonning chekkasiga nisbatan o‘rta hududi 20 sm balandlikda joylashishi zarur. Shuhratbek Suyunov rahbarligidagi ustalar bu borada ham o‘z mahoratlarini ishga solib, maydon holatini talabga javob beradigan holatga olib kelish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishadi.

Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan “Milliy” stadioni yangi mavsumda milliy va boshqa terma jamoalarimizning bir qator xalqaro turnirlarini qabul qilishga tayyor bo‘ladi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilmoqda (foto)