“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda “Visa” xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor bepul chipta olish imkonini beradigan kobrend plastik kartochkalar muomalaga chiqarildi.
Ya’ni kartochkalar orqali kundalik sarf-xarajatlar to‘langanda, karta egasiga bepul ballar taqdim etiladi. Ma’lum miqdordagi ballar to‘planganidan so‘ng ushbu ballar orqali milliy aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishi bo‘yicha bepul chipta olish mumkin bo‘ladi.
Kartochka mijozning xohishiga qarab, AQSh dollarida yoki milliy valyutada ochiladi. Xususan, “Visa Gold” kartochkasini ochish bahosi 150 ming so‘m, “Visa Platinum” — 250 ming so‘m. Kartochkalar bo‘yicha eng kam mablag‘ esa 50-100 AQSh dollari hamda 400-800 ming so‘mni tashkil qiladi. Ballar esa uning turidan kelib chiqib hisoblanadi.
Shuningdek, kartochkani ochish vaqtida qo‘shimcha bonus ham taqdim etiladi. “Welcome” bonusi 1000 mil masofagacha uchish, mijozni sug‘urtalash, “konsyerj-servis” — dunyo bo‘ylab mehmonxonadan joy band qilish, chiptalarni rezervga olish, xarid qilishda yordam berish, kutish va kuzatib qo‘yish xizmatari shular jumlasidan.
Kartochkalar sohibiga “Visa” xalqaro to‘lov tizimi sheriklarining mahsulot va xizmatlari bo‘yicha 5 foizdan 20 foizgacha chegirma qilinadi.
Bu turdagi karta 2019 yilning 1 fevralidan amalga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?