12:44 / 12.01.2019
4 298

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar yombisi savdosi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar yombisi savdosi yo‘lga qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va “O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda ilg‘or xorijiy tajriba tahlillari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar:
- tegishli ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan va belgilangan talablarga javob beradigan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarishni tashkil etish;
- tashkilotlar — zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;
- zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, shuningdek, qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish;
- qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda tijorat banklari tarmoqlari orqali bevosita qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga sotish narxini shakllantirish;

Markaziy bankning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari orqali konvertatsiya qilinadigan valyuta o‘rnini bosuvchi investitsiya vositasi - naqdsizlashtirilgan metall hisob raqamlari ochish uchun qimmatbaho metallardan keng foydalanish maqsadida metallar yombisi savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qimmatbaho metallar yombisi savdosi yo‘lga qo‘yiladi