2019 yilda urf bo‘ladigan ranglar...

  • 12 yanvar 2019, 19:21
  • 1 424
  • Jamiyat
  • 2019 yilda urf bo‘ladigan ranglar...
    «Pantone» instituti 2019 yilning rangini tanladi. Bu — «tirik korall».
    Institut vitse-prezidenti Lauri Pressmann yil rangini «hissiyotlar uchun ozuqa» sifatida tavsiflagan. Institut tomonidan qayd etilishicha, tirik korall ko‘tarinkilik ramzi hisoblanadi.

    Ammo shunga qaramasdan, tirik korall bilan birga quyidagi ranglarni ham moslashtirib kiyishingiz mumkin.
    QORA
    Yangi mavsumda qora rang uchun «Ortiqcha hech narsa» tamoyili mos kelmaydi. Monoxromlik, detallarning ko‘pligi va bezaklarga qaramasdan bu rangning kuz-qish mavsumining eng yorqin trendlari reytingida yuqori qatorga chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi. Chindan ham ranglarning yo‘qligi ba’zan har qanday rangdan afzalroq.
    KULRANG
    Yomg‘ir va bulutli osmon rangi ham «total-look» pozitsiyasida, ham boshqa ranglar uchun to‘g‘ri asos sifatida a’lo yechim sanaladi. Kulrangning barcha tuslari kostyum va paltolarda, Ako‘ylak hamda bejirim kardiganlar, xuddi shular kabi trikotaj, shoyi, charm va mo‘yna bilan ham juda mos tushadi.
    XANTAL
    Bu mavsumda xantal rangi (sariq) turli darajalardagi garderoblarga kirib bormoqda. Qo‘rqmasdan boshdan-oyoq xantal rangiga burkaning yoki turli yorqin darajasidagi kiyimlar bilan uni sinab ko‘ring. Yangi yil haqiqatan ham ranglarga boy bo‘ladi.
    QIZIL
    Ranglar institutining talqini bo‘yicha «Pantone Cherry Tomato» — yilning eng urfdagi ranglaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Qizil rang bilan mos keladigan variantlar soni benihoya ko‘p, biroq ortiqcha yorug‘lik pafosini aniq shakllar va tushunarli siyratlar bilan mo‘’tadillashtirgan ma’qul.
    KATAK
    «Tartan trendi» — bugungi kun uchun yangilik emas. Deyarli har mavsumda kataklar u yoki bu ko‘rinishda boshqaruvni qo‘lga oladi. «Black Watch», «Tattersall», «Window pane» hamda «Argayl», «Glenchek»: asosiy qoida esa kataklarning har xil turlari — mayda-mayda kataklardan to yirik va yorqinlarini did bilan uyg‘unlashtira olishdir. Turlar ko‘p, tanlov esa o‘zingizdan.
    YaShIL
    Yashil rangning sehrli xususiyatlari kuz-qish mavsumi garderobiga yangi hayotni olib kiradiganga o‘xshaydi. Zumrad, tropik yaproq va hatto daraxtlar barglarining tuslari haddan tashqari harakatchan, zamonaviy dunyo bosimidan ruhimizni xoli etadi va tetiklashtiradi. Nima bo‘lmasin, yashil rang so‘nggi eng muhim moda to‘plamlarining asosiy ranglaridan biri bo‘ladi.
    AKSESSUARLAR
    Chiroyli aksessuarlar — ayol go‘zalligining ajralmas qismi. Ayniqsa, u to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, nur ustiga nur.
    2019 yilning eng yorqin aksessuarlari fransuzcha uslubdagi beretlar (yumshoq yumaloq shlyapalar), yumaloq bejirim sumkachalar, katta hajmdagi zargarlik buyumlari va albatta, durlardan yasalgan bejirim ziraklar bo‘ladi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » 2019 yilda urf bo‘ladigan ranglar...