5 020
Toshkentda maktab oʻquvchilari qarindoshining 24 ming dollar pulini oʻgʻirlashdi (video)
Bu haqdagi lavhani Sevimli telekanalining Zamon koʻrsatuvi tayyorladi. Olmazor tumanida joylashgan 261-sonli umumtaʼlim maktabining ikki nafar 11-sinf oʻquvchisi Toshkent mehmonxona xoʻjaligi va servis kasb-hunar kollejining 2-bosqichida tahsil oluvchi doʻsti bilan katta miqdordagi pullarni oʻgʻirlab, koʻngilxushlikka sarflab yuborishgan.
Jinoyatni sodir etishga kelishgan yoshlar, ulardan birining yaqin qarindoshi boʻlgan ayolning uyiga oʻgʻirlikka tushishgan. Oʻquvchilar jabrlanuvchining uyiga kirib, ayol uy olish uchun toʻplagan 22 ming AQSH dollari va 15 million soʻm miqdoridagi pullarini oʻgʻirlashgan.
Ular oʻgʻirlangan pullarni shaharning mashhur restoranlariga borish, iPhone 6 rusumli 3 ta telefon sotib olishga va savdo-koʻngilochar markazidan kiyim xarid qilishga sarflashgan.
Qayd etish joizki, oʻquvchilarning biri oʻgʻirlangan pullarga otasiga VAZ 2111 rusumli avtomobil va zotdor it sotib olgan.
Pul tugagandan soʻng ular navbatdagi oʻgʻirlikni sodir etishga kelishishgan. Oʻquvchilar qoʻshnisining uyiga kirib, noutbuk, texnika buyumlarini va qimmatbaho atirlarini oʻgʻirlashgan.
Qayd etish joiz, ayblanuvchilarning birining otasi oʻgʻlining qilmishini koʻtarolmay, sud yigʻilishidan keyin vafot etgan.
Olmazor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi Musa Yusupov ayblanuvchilarning yoshini, avval sudlanmaganligini va zarar qoplanganligini hisobga olib, ularni ozodlikdan mahrum etish koʻrinishidagi jazodan ozod qilgan.
Manba: uznews.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi