2019 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Abdulaziz Komilov Beybut Atamqulovni yuqori va masʼuliyatli Qozogʻiston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chogʻida oʻtkazilgan uchrashuvlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlariga yangi joʻshqinlik berdi. 2018 yilda oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qoʻshma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida oʻzaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.
Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda boʻlib oʻtadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish va unda Qozogʻiston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim oʻrin egalladi.
Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bogʻliq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar koʻrib chiqildi.
Vazirlar “Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va 2019 yili “Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi