11:10 / 13.01.2019
3 636

Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan yana bir tashkilot

Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan yana bir tashkilot
«O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.

Hukumat qarori bilan «O‘zagroservis» rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Ro‘yxatda shu paytgacha 73 ta tashkilot mavjud edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan yana bir tashkilot