18:30 / 13.01.2019
4 476

Chegarada to‘xtab turgan turkiyalik haydovchilar masalasiga izoh berildi

Chegarada to‘xtab turgan turkiyalik haydovchilar masalasiga izoh berildi
Kun.uz nashri Turkiyadan O‘zbekistonga yo‘l olgan, 2018 yilning 17 dekabrida Eron bilan chegaradagi Kurbuloq bojxona postida to‘xtab qolgan turkiyalik haydovchilar masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Davlat transport agentligi bilan bog‘landi.

Davlat transport agentligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bojxona chegara postida ruxsatnoma kutib turgan haydovchilarga tegishli ruxsatnomalar jo‘natilgan.

Agentlik xorijiy davlatlarda yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari haydovchilarga 3-4 kun ichida yetib borishi to‘g‘risida xabar berdi. Uzoq muddat kutib qolishiga asosiy sabab sifatida ko‘p sonli haydovchilarning bir vaqtda yo‘lga chiqqani keltirildi. Ma’lum qilinishicha, bunday katta hajmli tranzit qatnovi uchun agentlik tomonidan ruxsatnoma blankalariga buyurtma berilishi, ularning tayyor bo‘lishi uchun vaqt zarur bo‘ladi.

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati bu masala o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Kurbuloq chegara shaharchasi bojxonasi va uning avtoturargohida mingta yuk tashuvchi mashina o‘tish ruxsatnomasini kutib turibdi. Tranzit yuk mashinalari O‘zbekiston orqali Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga yo‘l olishni mo‘ljallagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chegarada to‘xtab turgan turkiyalik haydovchilar masalasiga izoh berildi