21:00 / 14.01.2019
6 372

Qashqadaryolik yigit ehtiyotsizligi sabab o‘zini otib qo‘ydi

Qashqadaryolik yigit ehtiyotsizligi sabab o‘zini otib qo‘ydi
2019 yil 12 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Maydayobu mahallasida yashovchi 17 yoshli X.A. birga yashovchi bobosi Y.A.ga tegishli, IIB ro‘yxatida bo‘lgan ov miltig‘ini hech kimga bildirmasdan uyidan olib chiqib ketgan.

Natijada X.A. mahallasi hududidagi dala maydonida ov qilmoqchi bo‘lib, o‘qni almashtirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab miltiq otilib, o‘q o‘ng oyoq tizza qismiga tegib, jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik yigit ehtiyotsizligi sabab o‘zini otib qo‘ydi