23:50 / 15.01.2019
7 165

Olot tumani hokimi o‘zi yaqinda kaltaklagan fermerdan rasman uzr so‘radi

Olot tumani hokimi o‘zi yaqinda kaltaklagan fermerdan rasman uzr so‘radi
Ma’lumingizkim, yaqinda Buxoro viloyati Olot tuman hokimi Sherali Salomov «Shuhrat» fermer xo‘jaligi yetakchisi Orif Do‘rmatovni majlisda, barchaning ko‘z o‘ngida shafqatsizlarcha kaltaklagani, uni boshqa bir hisob raqamga 25 million so‘m pul o‘tkazishga majburlagani, jarohatlari o‘ta jiddiyligidan fermer kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik. Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ikki tarafni yarashtirishga bel bog‘labdi. 15 yanvar kuni viloyat hokimi Sherali Salomov hamda Orif Do‘rmatovlarni yarashtirdi, tuman hokimi uning talabiga ko‘ra fermerdan qilmishlari uchun uzr so‘radi.

O‘ktam Barnoyev Sherali Salomovni jiddiy ogohlantirdi. Agar bu xatoni takrorlasa, jazo shafqatsiz bo‘lishini alohida ta’kidladi.

— Men fermer Orif Do‘rmatov bilan shaxsan uchrashib gaplashdim, — dedi viloyat hokimi. — U juda mehnatsevar, mard, halol, jasur va kamtar inson ekan. U mening taklifimni ham tushungan holda qabul qildi. Bundan keyin «Shuhrat» fermer xo‘jaligi yetakchisi Orif Do‘rmatov shaxsan mening kuzatuvimda, himoyamda bo‘ladi. Biz bunday fermerlarni kaltaklash emas, aksincha qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Buxoro viloyatida adolatsiz siyosat yuritilmasligi kerak…

Sherali Salomov barcha yig‘ilganlar, jumladan, viloyat hokimi qarshisida fermerdan uzr so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olot tumani hokimi o‘zi yaqinda kaltaklagan fermerdan rasman uzr so‘radi