10:38 / 16.01.2019
3 407

2018 yilda 156 mingdan ziyod tadbirkorlar faoliyati tugatildi

2018 yilda 156 mingdan ziyod tadbirkorlar faoliyati tugatildi
2018 yil yanvar-dekabr oylarida 156 601 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari tugatilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ularning asosiy qismi 4624 tasi (29,6%) savdo, 2996 tasi (19,2%) sanoat, 1663 tasi (10,7%) qurilish, 1603 tasi (10,3%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 1173 tasi (7,5%) yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 748 tasi (4,8%) tashish va saqlash, 422 tasi (2,7%) axborot va aloqa, 134 tasi (0,9%) sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 2238 tasi (14,3%) boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natijasida hududlarda ham tugatilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni yildan yilga kamayib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda asosan Andijon viloyatida -3150 ta, Qashqadaryoda -1060 ta, Toshkentda -863 ta hamda Samarqand viloyatida -503 ta kichik korxona va mikrofirmalar o‘tgan yilga nisbatan kam tugatilganligini statistik raqamlarda ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018 yilda 156 mingdan ziyod tadbirkorlar faoliyati tugatildi