Aholiga arzon, sifatli va qulay avtotrasport xizmati ko‘rsatish, mamlakatimiz viloyat va tumanlarini jamoat tarnsporti xizmati bilan qamrab olish, chekka hududlarimiz aholisiga ham sifatli avtotransport xizmatini ko‘rsatish borsida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ- 3589- sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyatlarda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi huzurida faoliyat yurituvchi va aholiga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jami 13 ta unitar korxonalar tashkil etildi.
Ushbu korxonalar 2018-2019 yillar davomida jami 1180 ta zamonaviy “ISUZU” SAZ HC 40 rusumli avtobuslar sotib olinadi. Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi korxonaga 50 ta, Namangan 10 ta, Toshkent va Xorazm viloyatlari 20 tadan “Isuzu” avtobuslari olib kelindi, yana 140 ta avtobuslar uchun “SamAvto” MChJga oldindan bo‘nak mablag‘lar o‘tkazib berildi. Sotib olingan avtobuslar tuman hokimliklaridan berilgan takliflardan kelib chiqib, chekka qishloqlarni tuman markazlari bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlarga qo‘yilmoqda.
Kuni kecha "O‘zavtotrans" agentligi huzuridaga "Avtotrans Xorazm" unitar korxonasiga olib kelingan 20 ta yangi Isuzu rusumli avtobuslarni "Xiva shahar" yo‘nalishiga hamda shaharlararo yo‘nalishlar ya’ni "Urganch-Buxoro" va "Urganch-Mang‘it" yo‘nalishlariga joylashtirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Xorazm viloyat hokimi F.Ermano viloyatda ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish borasida O‘zavtotrans agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»